A Seriya. «Inter» «Roma»ni mag‘lub etib, peshqadamga aylandi, Shomurodovdan assist

Sport 23:01 / 23.04.2022 24576

«San-Siro»dagi bahsda mezbonlar Dumfris, Brozovich, Martinesning gollari evaziga hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi – 3:0.

78-daqiqada esa Eldor Shomurodov Abraham o‘rniga maydonga tushib, 85-daqiqada Mxitaryanning goliga hammualliflik qildi – 3:1.

Natijada, «Inter» ochkolari sonini 72taga yetkazib, «Milan»ni bir ochkoga ortda qoldirgan holda 1-o‘ringa ko‘tarildi. «Roma» esa 58 ochko bilan hozircha 5-o‘rinda qoldi. 

A Seriya. 34-tur
Inter – Roma 3:1

Gollar: 1:0 – 30 Dumfris, 2:0 – 40 Brozovich, 3:0 – 52 Martines, 3:1 – 85 Mxitaryan.
Inter – Handanovich, Dumfris, de Vrey, Shkrinyar, Dimarko (Bastoni, 64), Perishich (Gozens, 72), Brozovich (Galyardini, 72), Chalxano‘g‘lu, Barella, Jyeko (Korrea, 63), Martines (Sanches, 82).
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojyer, Zalevski (Vinya, 78), Mxitaryan, Serjiu Oliveyra (Bove, 80), Pellegrini (Veretu, 64), El-Shaaravi (Karles Peres, 64), Abraham (Eldor Shomurodov, 78).
Ogohlantirishlar: Manchini (36), Brozovich (45), Serjiu Oliveyra (79).

Ko‘proq yangiliklar: