O‘zMTRK JCh-2022 uchrashuvlarini O‘zbekistonda namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi

Sport 19:04 / 22.04.2022 25498

«Sport» telekanalining telegramdagi rasmiy kanali xabariga ko‘ra, JCh-2022 bahslarini mamlakatimizda TV-translatsiya qilish huquqini O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qo‘lga kiritgan. 

«Xushxabar! Futbol olamining eng yirik musobaqasi, Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati translatsiyasi huquqini O‘zMTRK qo‘lga kiritdi! 32ta terma jamoa, 64ta uchrashuv. Barchasini Sport TV orqali kuzatib boring!», - deya yoziladi manbada.

Ma’lumot uchun, Qatar maydonlarida o‘tadigan JCh-2022 bahslari bu safar odatdagidek yozda emas, 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zMTRK ayni damda Superliga, O‘zbekiston kubogi, Italiya A Seriyasi, YeChL, Yevropa ligasi, UYeFA Konferensiyalar ligasi turniri o‘yinlarini ham namoyish etmoqda. «UzReportTV» va «FurbolTV» esa Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, OChL, OFK kubogi hamda Pro liga bahslari translatsiya huquqini qo‘lga kiritgan.

Ko‘proq yangiliklar: