Grizmanning bekor qilingan goli, Messining Polsha bilan o‘yindagi penaltisi - JCh-2022da VAR'ning 10ta eng bahsli qarori

Sport 16:15 / 20.12.2022 33390

Hujumchi Antuan Grizmann ikkinchi bo‘limning 90+8-daqiqasida afrikaliklar darvozasini ishg‘ol qilgan, ammo bosh hakam Metyu Konger takroriy lavhani ko‘rib, ofsayd deb golni bekor qilgandi.

Keyinchalik bu qaror ustidan apellyatsiya shikoyati berilgan, biroq FIFA uni rad etgan. 

Eng bahsli vaziyatlar reytingi:

1. Grizmanning Tunisga urgan bekor qilingan goli

2. Urugvay himoyachisi Xose Ximenes qo‘l bilan o‘ynagani uchun Portugaliya penalti tepgani

3. Voysex Shchensni Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messiga qo‘pol o‘ynagani uchun Polsha darvozasiga penalti belgilangani

4. Yaponiyalik yarimhimoyachi Ako Tanakaning go‘yoki maydon tashqarisiga chiqib ketgan to‘p uzatib berilgach, Ispaniyaga urgan goli

5. Ekvador hujumchisi Enner Valensiyaning Qatarga urgan goli ofsayd tufayli bekor qilingani.

6. Fransiyalik himoyachi Teo Ernandes marokashlik yarimhimoyachi Sofian Bufalning oyog‘iga zarba berganidan keyin penalti belgilanmagani

7. Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn fransiyalik himoyachi Dayo Upamekano bilan to‘qnashuvda yiqilib tushganidan so‘ng jarima zarbasi berilmagani

8. Portugaliyaliklar sardori Krishtianu Ronaldu ganalik himoyachi Muhammad Salisu bilan to‘qnashuv natijasida yiqilgach, penalti belgilangani

9. Gana himoyachisi Daniel Amarti va urugvaylik hujumchi Darvin Nunes to‘qnashgan vaziyatda penalti belgilanmagani

10. Belgiya bilan o‘yinda Xorvatiyaga berilishi kerak bo‘lgan penalti Deyan Lovren ofsaydga tushgan deb baholab, bekor qilingani.

Ko‘proq yangiliklar: