Andijonda bog‘chada 4 yoshli tarbiyalanuvchi vafot etdi

Jamiyat 15:53 / 22.04.2022 48702

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi bog‘chalarning birida 4 yoshli bola kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda vafot etdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 21 aprel kuni soat 14:00 dan 15:00 ga qadar bo‘lgan oraliqdagi vaqtda tumandagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli X.L. maktabgacha ta’lim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda vafot etdi.

Tashkilot hamshirasining ma’lum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi X.L.da hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.

Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uyg‘otishganda, bola o‘rnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan. Tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan o‘tkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan o‘tgani ma’lum bo‘lgan.

Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda.

«Ekspertiza xulosalari aniqlangach, batafsil ma’lumot berilishini hamda holat Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: