Toshkentda bir guruh haydovchilar avtomobil yo‘lida drift qildi. Ulardan biri ustunga urilib, voqea joyidan qochib ketgan

Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Istiqlol ko‘chasida tunda bir necha shaxslar drift qilayotgani haqida videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
Joriy yilning 17 aprel kuni taxminan soat 22:30 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko‘chasida bir nechta avtomashinalar drift qilib, xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan.
Natijada, 1999 yilda tug‘ilgan M.N. o‘ziga tegishli “Nexia-3” rusumli avtomashinasining rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
To‘qnashuv natijasida haydovchi jarohat olmagan, lekin ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, hodisa joyidan ketib qolgan.
Holat yuzasidan fuqaro M.N.ga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Huquqbuzarlikni sodir etgan qolgan avtomashinalarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

14:10 / 09.03.2025
“Kasbingizni sevsangiz, qiyinchiliklari bilinmaydi” – kranchi, tergovchi, poyezd va avtobus haydovchi ayollar hikoyasi

20:59 / 01.03.2025
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti

13:39 / 26.02.2025
2024 yil jarimalardan 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ tushdi. Bu pullar qayerga sarflanyapti?

22:21 / 22.02.2025