OChL. «Nasaf» yana ustunlikka erishgan o‘yinida g‘alaba qozona olmadi, «As Sadd» yutqazdi

Sport 03:19 / 20.04.2022 23761

Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur o‘yinlari yakunlandi.

«Nasaf» (5) mezbon «Al Faysali»ga (8) qarshi ikkinchi o‘yinda ham ustunlikka erishganiga qaramay, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Zarbalar soni — 11:2. 

Berdiyev jamoasi durang orqali 2-o‘ringa chiqib oldi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Al Vihdat» (4) kutilmaganda «As Sadd»dan (4) ustun keldi.

OChL. Ye guruhi. Saudiya Arabistoni
4-tur. 19 aprel

Al Faysali — Nasaf 0:0
Al Faysali
— Mustafo Malaeka, Muhammad Al Amri (Xolid Al Kabi, 62), Hicham Faik, Ismoil Lima, Martin Boyl, Husayn Salim, Solih Al Qumayzi, Julio Tavares, Yasin Barnavi, Abdulrahmon Ad Dosari (Muhammad As Sayyori, 79), Volid Al Ahmad
Nasaf — Abduvohid Nematov, Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov (Semir Smaylagich, 76), Dilshod Saitov, Ivan Solovev (Suhrob Nurulloyev, 26), Husayn Norchayev, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich (Barhrom Abdurahimov, 86), Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Volid Al Ahmad (19), Muhammad As Sayyori (90+2).

Al Vihdat — As Sadd 3:1
Gollar:
Ad Dumayri (48), Assam (60), Samir (75) — Tabata (54).

Foto: PFL
Ko‘proq yangiliklar: