Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London sudi Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishga ruxsat berdi
AQShda jurnalist 175 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Foto: Henry Nicholls / File Photo / Reuters
Londondagi Vestminster magistrat sudi WikiLeaks asoschisi Julian Assanjni AQShga ekstraditsiya qilishga ruxsat berdi. Agar Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Priti Patel uni AQShga ekstraditsiya qilishga qaror qiladigan bo‘lsa, Assanjning advokatlari London yuqori sudiga apellyatsiya berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
WikiLeaks asoschisi 2012 yil iyunida Ekvadorning Londondagi elchixonasi hududidan boshpana topgandi. Ekvador 2019 yilda uni diplomatik boshpanadan mahrum qildi va Julian Assanj qo‘lga olindi.
2021 yil yanvarda sud Assanj o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bois uni AQShga ekstraditsiya qilishni taqiqladi, biroq keyinroq Angliya va Uels apellyatsiya sudi bu taqiqni bekor qildi. Jurnalist qamoqxonada insultni boshdan kechirdi.
AQShda jurnalist maxfiy ma’lumotlarni oshkor etishda ayblanmoqda, u 175 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?
Jamiyat | 21:53
-
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi
Jahon | 21:34
-
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
Fan-texnika | 21:29
-
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi
Jahon | 21:25
Mavzuga oid

21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»

00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi

09:14 / 26.06.2024
Wikeleaks asoschisi Assanj AQSh sudi tomonidan ozod qilindi

08:52 / 25.06.2024