Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi internet-klubdagi janjal oqibatida vafot etdi

Jamiyat 17:08 / 18.04.2022 25581

2022 yil 17 aprel kuni taxminan soat 18:00 larda 2005 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 68-umumta’lim maktabi 10-sinf o‘quvchisi I.Sh. Sergeli tumani, Sergeli 2-dahasida joylashgan «Game club» internet o‘yingohida bo‘lgan.

I.Sh. va 2003 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, MChJlardan birida qadoqlovchi bo‘lib ishlovchi X.S. o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Oqibatda, X.S. I.Sh.ning yuz va tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan urib tan jarohati yetkazgan. I.Sh. hushsiz holatga kelib, yerga yiqilgan.

Olgan tan jarohatlari sababli I.Sh. tez tibbiy yordam xizmati tomonidan  RShTYoIMga olib ketilayotgan vaqtda tez tibbiy yordam mashinasida vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasi dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, voyaga yetmagan I.Sh. tanasining chap ko‘z osti sohasi ko‘kargan, shilingan, peshona sohasi terisi tirnalgan kabi jarohatlari mavjudligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Sergeli tuman IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan X.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ko‘proq yangiliklar: