OChL. «Nasaf» «Al Faysali»ga yutqazdi, «As Sadd» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Sport 03:57 / 16.04.2022 24707

Osiyo Chempionlar Ligasida 3-tur o‘yinlari yakunlandi. 

Ye guruhida «Nasaf» (4) mezbon «Al Faysali»ga (7) minimal hisobda yutqazib, peshqadamlikni boy berdi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida Qatarning «As Sadd» (4) klubi Iordaniyaning «Al Vihdat» (1) darvozasiga 5ta gol urdi. 

Oldinda yana 3ta tur bor. Guruh g‘olibi 1/8 finalga yo‘l oladi. Shuningdek, 5ta guruhdagi 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi 3tasi ham pley-offga chiqadi.

OChL. 3-tur. 15 aprel. Saudiya Arabistoni

Nasaf — Al Faysali 0:1
Gol
: Tavaresh (30). 
Nasaf — Abduvohid Nematov, Alibek Davronov (Ivan Solovev, 80), Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov (Suhrob Nurulloyev, 65), Dilshod Saitov, Husayn Norchayev, Bahrom Abdurahimov (Oybek Bozorov, 46), Akmal Mozgovoy, Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov, Semir Smaylagich.
Al Faysali — Mustafo Malaeka, Muhammad Alamri (Ali Sharahli, 83), Hicham Faik, Ismoil Lima, Martin Boyl, Husayn Salim, Ahmad Asiri (Yosin Barnavi, 20), Salih Alqumayzi, Julio Tavaresh, Abdulrahmon Addosari (Xolid Al Kabi, 73), Volid Alahmad
Ogohlantirishlar: Husayn Qosim (25), Marko Stanoyevich (52), Husniddin Aliqulov (53), Martin Boyl (77).

As Sadd — Al Vihdat 5:2
Gollar:
Afif (23, penalti), Kasorla (58), Ayyu (62), Tabata (72), Al Bayyati (90+3) — Samir (42), Anas (44).

Ko‘proq yangiliklar: