Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, holat 12 aprel kuni soat 11:05 larda Buxoro shahrining Istiqlol mahallasida yuz bergan. Sh.N. ismli shaxs “Aholi Trans” MChJga qarashli Shacman chiqindi tashish mashinasini ko‘p qavatli uy yonidagi chiqindixonadan boshqarib chiqayotib chiqindixona yonidan o‘tib ketayotgan Y.N. va bolalar aravachasida bo‘lgan, 2020 yilda tug‘ilgan S.A.ni bosib ketgan.
Oqibatda ular og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan fuqaro Sh.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.