Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi
Shahboz Sharif nomzodi yakshanba kuni muxolif partiyalar vakillari tomonidan bosh vazirlikka ilgari surilgandi.

Foto: Aaj Tak
"Pokiston musulmonlari ligasi" partiyasi yetakchisi Shahboz Sharif Pokistonning 23-bosh vaziri etib saylandi.
Parlament quyi palatasida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida Sharif 174ta ovoz oldi.
Uch marta Pokiston bosh vaziri etib saylangan Navoz Sharifning 70 yoshli ukasi Shahboz Sharif nomzodi yakshanba kuni muxolif partiyalar vakillari tomonidan bosh vazirlikka ilgari surilgandi.
Yakshanba kuni Pokiston parlamenti bosh vazir Imron Xonga ishonchsizlik votumi e’lon qilgan va uni lavozimidan chetlatgandi.
Mavzuga oid

12:29 / 03.03.2025
Pokiston to‘qimachilik korxonasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihani amalga oshiradi

10:35 / 27.02.2025
“O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi” - Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida

16:30 / 26.02.2025
O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi

16:28 / 26.02.2025