Qashqadaryoda Ko‘kdala tumani aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi nimstansiya ishga tushirildi

Jamiyat 15:28 / 10.04.2022 15745

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga qilgan tashriflari chog‘ida belgilab berilgan topshiriqlarga asosan yangidan tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani aholisiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida qurilish ishlari boshlangan edi. Unga ko‘ra, hududda 2 ta – “Ko‘kdala” va “Chorvador” nimstansiyalarini qurish va o‘zaro bog‘lash ko‘zlangan. Uch oy mobaynida “Chorvador” nimstansiyasida olib borilgan qurilish ishlari tugallandi.

Bugun “Qashqadaryo hududiy elektr tarmog‘i” AJ quruvchi-muhandislari tomonidan bunyod etilgan, quvvati 16000 va 10000 kVa 110/35/10 transformator qurilmalari ishga tushirildi. Bundan tashqari nimstansiyaga qadar 12 km 110 kV li havo elektr tarmog‘i qurildi. 

Bugun ishga tushirilgan “Chorvador” nimstansiyasi atrofini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 500 tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Obodonlashtirish tadbirida elektr tarmoqlari xodimlari bilan birga jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.

Shuningdek, viloyatda Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan Ko‘kdala tumanida hududiy elektr tarmoqlarining qashqadaryolik xodimlari tomonidan hududda Chorvador 110-35-10 hamda Ko‘kdala 35-10-nimstansiyalarida rekonstruksiya modernizatsiya ishlari tugatilib, Chorvador nimstansiyasiga 12km uzunlikda 110 kv li havo tarmog‘i yangidan qurilib, 16000 kVa li transformator, Ko‘kdala nimstansiyasida esa 25000 kVa li transformator o‘rnatilib rekonstruksiya modernizatsiya ishlari olib borildi.

“Qashqadaryo HET” AJ matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: