O‘zbekistonda Tokio olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari ishtirokida ko‘rgazmalar tashkil etiladi 

Sport 10:01 / 08.04.2022 22473

“Olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil Tokioda o‘tgan olimpiadalar g‘olib va sovrindorlari hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan “Yurt faxri” nomli ko‘rgazmalar tashkil etiladi.

Ko‘rgazma har yili iyul-avgustda sovrindorlar yashaydigan mahallalarda va noyabr-oktyabrda ular o‘qigan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma davomida sportchilarning hayoti va faoliyati haqida video va fotosuratlar ekspozitsiyalari va ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi, sportchilar ishtirokida “mahorat saboqlari” tashkillashtiriladi.

Sportni rivojlantirish vazirligi ko‘rgazmani o‘tkazishga mas’ul hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: