2021 yilda barcha hududlarda savdo aylanmasining o‘sishi kuzatildi - BSH 

Jamiyat 16:30 / 07.04.2022 7836

“Ko‘plab qiyinchiliklarga qaramay, 2021 yilda biz yanada samarali natijalarga erishganimizni mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Men butun dunyodagi xodimlarimizga sa’y-harakatlari va qo‘shgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiraman”, deydi BSH Hausgeräte GmbH direktori, doktor Karla Krivet.

“Shunday bo‘lishiga qaramay, global voqealar bu yil ham biznesimizga ta’sir qilishidan xabardormiz. Ukrainadagi qayg‘uli vaziyatdan tashqari koronavirus pandemiyasidan ham to‘liq xalos bo‘lmadik. Shu sabab hali ham ta’minot zanjiri beqarorligicha qolmoqda, yarimo‘tkazgichlar ta’minotidagi yetishmovchilik ham bizni tark etgani yo‘q”, deya ta’kidlaydi u.  

Foto: BSH Hausgeräte GmbH

Ukrainadagi ayni vaziyatdan chuqur xavotir

Barcha davlatlardagi xodimlarining xavfsizligi haqida qayg‘urish BSH kompaniyasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Shuning uchun kompaniyaning inqiroz guruhi xodimlari Ukrainadagi xodimlar va ularning oilalarining mamlakatni xavfsiz tark etishlariga yordam berishdi, BSH ular uchun transport va turar joylar tashkillashtirdi. Bundan tashqari, BSH Ukrainadagi muhtoj aholiga gumanitar yordam berish kabi moliyaviy ishlarni ham amalga oshirdi.

BSH barcha qonuniy va huquqiy talablarga amal qilgan holda Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga ishlab chiqarish uchun ehtiyot qismlar va maishiy texnika yetkazib berishni to‘xtatdi. Bundan tashqari Sankt-Peterburgdagi ikkita zavodda ishlab chiqarish ham to‘xtatildi.

Rossiyaning o‘zi uchun qanday maxsus shartlar bo‘lishidan qat’i nazar ta’minot zanjirlarini saqlab qolish tobora qiyinlashib boryapti. Xomashyo tanqisligi Yevropa va Turkiyadagi BSH zavodlariga ta’sir ko‘rsatdi. Bu hududlarda maishiy texnika ishlab chiqarish faoliyatining tegishli qismi vaqtincha to‘xtatib turilishiga to‘g‘ri kelmoqda. Ta’minotning bu qismidagi tanqislik tayyor mahsulotni dunyoga yetkazib berishga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shunga qaramay BSH o‘z iste’molchilariga ehtiyot qismlar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishda mavjud imkoniyatlardan foydalanishda davom etadi.

Hamma hududlarda barqaror o‘sish – rivojlanayotgan bozorlarda kuchli o‘sish

BSH 2021 moliya yilida barcha hududlarda savdo aylanmasi keskin oshishiga erishdi. Yevropaning yetakchi maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi, yuqori sifatli maishiy texnikalarga bo‘lgan global miqyosdagi talabdan, o‘zining kuchli global brend portfeli va iste’molchilar uchun innovatsion raqamli xizmatlardan foyda ko‘rdi. 

BSH Yevropa mintaqasidagi eng asosiy bozor yetakchisi bo‘lib qolmoqda. O‘tgan yili bu hududdagi savdo aylanmasi 9 foizga o‘sdi. Xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya va Italiya kabi G‘arbiy Yevropaning yirik bozorlarida hamda Shimoliy Yevropa va Turkiyada sezilarli o‘sish qayd etildi.

BSH’ning Amerika (AQSh va Kanada) hududida ham savdo aylanmasi 23 foizga oshdi.

BSH Osiyo-Tinch okeani/Afrika mintaqasida ham tovar aylanmasining o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga oshdi. Mintaqadagi eng yirik bozor – Xitoyda o‘z aylanmasini yiliga 17 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniya Xitoyda xitoylik bo‘lmagan maishiy texnika ishlab chiqaruvchi sifatida yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Barcha mahsulot toifalarida o‘sish

Foto: BSH Hausgeräte GmbH

2021 yildagi moliyaviy aylanmaning eng kuchli omili sovitkichlar savdosi yiliga 20 foizga o‘sdi, ikkinchi o‘rinda pishirish jihozlari toifasi (pechlar +14 foiz, plitalar va dudbo‘ronlar +13 foiz) savdosi bo‘ldi. Kir yuvish mashinalari savdosi 9 foizga oshdi. Idish yuvish mashinalarining savdo aylanmasi 7 foizga oshdi. Avtomatik qahva mashinalari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash mashinalari va changyutgichlar kabi kichik jihozlar ham ijobiy natija ko‘rsatdi, ya’ni ularning aylanmasi 9 foizga o‘sdi.

BSH mijozlarga xizmat ko‘rsatishni 4 foizga oshirgani eng e’tiborga molik jihatdir.  BSH’ning 15 ming nafardan ortiq xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari koronavirus pandemiyasining ikkinchi yilida taxminan 50 mamlakatda iste’molchilarni muntazam qo‘llab-quvvatladi. 

2021 yil oxirida kompaniya butun dunyo bo‘ylab 62,400 kishini ish bilan ta’minladi, bu o‘tgan yilga nisbatan taxminan 4 foizga ko‘p degani. Bu o‘sish, qisman, yuqori talabni qondirish uchun yangi ish o‘rinlarga ehtiyoj tug‘ilgani bilan izohlanadi.

Yangi joylarga sarmoya kiritish - 2020 yil darajasida ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar

Xitoy, Misr va Meksikadagi mahalliy rivojlanish markazlarini kengaytirish, shuningdek, ushbu hududlarda yangi ishlab chiqarish obektlarini kengaytirish va qurish orqali BSH turli bozorlarda iste’molchilarning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Shu bilan birga, mintaqaviy ishlab chiqarish transport yo‘nalishlari va yetkazib berish zanjirlarini qisqartiradi va bu esa karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirishga katta hissa qo‘shadi.

2021 yilda tadqiqot va ishlanmalar uchun xarajatlar 47 million yevroga oshib, 755 million yevroga yetdi yoki umumiy aylanmaning 5 foizini tashkil qildi. Kelgusida asosiy e’tibor iste’molchilar uchun innovatsiyalar, IT yechimlar, butun qiymat zanjirini raqamlashtirish va harakatlanuvchi aylanma iqtisodiyotni yaratishga qaratiladi.

BSH iste’molchilarga barqaror turmush tarzini olib borishga yordam beradi

BSH tomonidan 2021 yilda o‘tkazilgan global tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, iste’molchilar soni ortib borayotgani qulaylikdan voz kechmasdan barqaror turmush tarzini olib borishni taqozo etadi. Maishiy texnikani tanlashda asosiy mezonlar uzoq xizmat muddati, kam energiya va suv iste’moli, shuningdek, ekologik toza materiallardan foydalanish hisoblanadi. Gigiyena, oziq-ovqatning yangiligi va oziq-ovqat isrofgarchiligining oldini olish masalasi ham dolzarb bo‘lib qoldi.

Bunga javoban BSH innovatsion qurilmalar va xizmat ko‘rsatish yechimlarini taklif qildi. Misol uchun:

⦁ Yangi aqlli idish yuvish mashinalari energiya tejash dasturlarini faol ravishda taklif qiladi, suv va energiya iste’moli haqida ma’lumot beradi. Natijada, BSH iste’molchilarga xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.

⦁ SmartGrow Life yopiq bog‘dorchilik tizimi ham barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslanadi. Bu iste’molchilarga sog‘lom o‘simliklar yetishtirish imkonini beradi, uzoq transport yo‘nalishlarini qisqartiradi va aylanma iqtisodni qo‘llab-quvvatlaydi: barcha oq plastik qismlar 100 foiz qayta ishlanishi mumkin va qayta ishlatilishi mumkin.

⦁ foodfittery ilovasi kabi yangi raqamli xizmatlar uyda mavjud bo‘lgan taomlar uchun ijodiy retsept g‘oyalarini taklif qilish orqali oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirishga yordam beradi.

Dekarbonizatsiya va aylanma iqtisodiyotga investitsiyalar

2020 yilgacha BSH’ning butun dunyodagi barcha obektlarida ishlab chiqarish operatsiyalarida dekarbonizatsiya neytral edi. 2021 yil sentabr oyidan beri BSH Polshaning Lodzdagi zavodida kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish uchun xarajatlarni 66 foizga qisqartirgan holda Salzgitter AJdan xom po‘lat sotib olmoqda. Bundan tashqari, BSH o‘zining barcha korxonalarini 2030 yilgacha “yashil energetika” bilan to‘liq ta’minlashni maqsad qilgan.

BSH yangi maishiy texnika ishlab chiqarish uchun qayta ishlangan materiallardan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Kompaniyaning maqsadi – 2025 yilga borib maishiy texnika tarkibida qayta ishlangan materiallar ulushini kamida 25 foizga yetkazish. 2030 yilga borib bu foizni kamida ikki baravar oshirib, 50 foizga yetkazish navbatdagi maqsadlardan biridir. Shu bilan birga, BSh 2025 yilga borib jihozlar tarkibida qayta ishlangan materiallar ulushini kamida 80 foizga va 2030 yilgacha 95 foizga oshirishni maqsad qilgan.

BSH Avstriyada yaqinda boshlangan "Refurbished" (yangilangan) pilot loyihasi kabi yangi biznes modellariga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Birinchi marta professional tarzda yangilangan BOSCH kir yuvish mashinalari ishlab chiqaruvchi kafolati bilan sotuvga chiqarilmoqda. Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab iste’molchilar Germaniya va Niderlandiyada Bluemovement modeli bo‘yicha maishiy texnikani ijaraga olishlari mumkin. WeWash almashish modeli 2016 yilda ishga tushirilgan va Germaniya hamda Avstriyadagi yirik ko‘p qavatli uylar aholisiga kir yuvish mashinasini buyurtma qilish imkoniyatini taqdim etadi, dastur va har bir yuvish davri uchun naqd pulsiz to‘lov orqali amalga oshiriladi.

“Barqarorlik - hayot tarzi masalasi emas va men barqarorlik hamda daromadga ega bo‘lish bir-birini istisno etmasligiga ishonaman. Buning teskarisi: barqaror jarayonlar va mahsulotlarga kiritgan sarmoyalarimiz nafaqat bizning korporativ mas’uliyatimiz, balki to‘g‘ri biznes strategiyamiz hamdir”, – deydi bosh direktor doktor Karla Krivet.

Ma’lumot o‘rnida:    

BSH Hausgeräte GmbH 2021 yilda umumiy savdo aylanmasi qariyb 15,6 mlrd yevroga teng bo‘lgan va 62 ming xodim faoliyat yuritadigan texnika sanoatida jahonda yetakchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya brend portfeliga Bosch, Siemens, Gaggenau va Neff kabi 11ta taniqli maishiy texnika brendlari, Home Connect ekotizim brendi hamda Kitchen Stories kabi xizmat ko‘rsatish brendlari kiradi. BSH 40 ta zavodda ishlab chiqariladi va dunyoning 50 ga yaqin davlatlariga taqdim etilgan.

BSH - Bosch Group’ga tegishli kompaniya hisoblanadi.

Veb-sayt: bsh-group.com

Matbuot xabarlari: bsh-group.com/press/press-releases

Kompaniya haqida ma’lumot: stories.bsh-group.com/en_DE

Facebook: facebook.com/bshgroup.global

LinkedIn: linkedin.com/company/bsh-home-appliances-group

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: