Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 mart kuni Samarqand shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan odam savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda 27 yoshli ayolni Turkiyaga fohishalik qilish uchun yubormoqchi bo‘lgan 36 yoshli ayol Samarqand aeroportida ushlangan. Holat xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limiga taqdim etilgan. Ayolga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Toshkentda yosh qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga sotib yuborayotgan ayol ushlangandi.