Nukusda piyodalar yo‘lakchasida Damas urib yuborgan fuqaro vafot etdi
5 aprel kuni soat 17:00lar atrofida Nukus shahar hududidan o‘tuvchi «Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir» avtomobil yo‘lining 2-3 km oralig‘ida Damas piyodalar o‘tish yo‘lidan harakatlanayotgan piyoda J.A.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining xabar berishicha, YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli Nukus shahar shifoxonasida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan oldin To‘rtko‘lda Kamaz va mototsikl to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etgandi.
Mavzuga oid

19:40 / 14.03.2025
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

08:00 / 18.02.2025
Nukus ko‘chasida Lacetti va Malibu-2 o‘zaro to‘qnashdi

22:18 / 05.02.2025