Navoiyda bojxonachilar tomonidan uch oyda 201 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi

Jamiyat 08:31 / 06.04.2022 2086

Ma’lum qilinishicha, boshqarma tomonidan 2022 yilning 1-choragida 306,6 mlrd so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 311,1 mlrd so‘m imtiyozlar berilgan. Imtiyoz asosan transport vositalari va uning ehtiyot qismlari, texnologik asbob-uskunalar, farmatsevtika mahsulotlari, tibbiyot asbob-uskunalari hamda maishiy-texnika kabi tovarlarga qo‘llangan. 

O‘tgan uch oyda viloyatdan 25 ga yaqin chet davlatga 119,4 mln dollarlik tovarlar eksport qilingan. Eksportga yo‘naltirilgan tovarlarning asosiy qismini tabiiy qazilmalar, metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, kalava ip, to‘qimachilik hamda oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, yanvar-mart oylarida bojxona postlarida 201 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, daliliy ashyo sifatida 1,5 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolingan. Ushbu holatlar bo‘yicha 13,6 mlrd so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblangan.

Ko‘proq yangiliklar: