Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Londonda “Barclays” banki va “White & Case” tashkiloti rahbariyati bilan uchrashdi

Foto: O‘zbekneftgaz
“O‘zbekneftgaz” AJning xalqaro hamkorlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, Jamiyatning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligini keyingi bosqichga olib chiqish maqsadida Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Angliyaning London shahrida “Barclays” investitsiya banki hamda “White & Case” yuridik tashkiloti vakillari bilan uchrashishdi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Londonda “Barclays” investitsion banki bosh ofisi vakillari bilan uchrashuvda so‘nggi yillarda Jamiyat tomonidan erishilgan natijalar, amalga oshirilgan investitsion loyihalar, modernizatsiya va tabiiy gaz qazib olish, uni qayta ishlash yo‘lida samarali natijalarga erishilgani borasida ma’lumotlar berildi. Amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, moliyaviy sog‘lomlashtirish masalalari va o‘zaro hamkorlik borasida fikr almashildi.
Ta’kidlash joizki, “Barclays” jamoasi “O‘zbekneftgaz” AJning umumiy qiymati 700 million AQSh dollariga teng debyut yevroobligatsiyalarining muvaffaqiyatli chiqarilishiga erishgani, shuningdek, Qashqadaryo viloyatida GTL Uzbekistan zavodining ishga tushirilishi bilan bog‘liq amalga oshirilgan ishlarga katta qiziqish bildirishdi.

Bundan tashqari, “Barclays” tomoni “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini bildirdi va kelgusida o‘zaro ishlash bo‘yicha qator yo‘nalishlarni taklif qildi.
“Barclays” investitsiya banki “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etish, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJning salohiyatli kredit liniyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar doimiy muloqotda bo‘lishga va hamkorlikning barcha mavjud istiqbolli yo‘nalishlarini birgalikda ishlab amalga oshirishga kelishib oldilar.
Londondagi tashrif chog‘ida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari “White & Case” yuridik tashkiloti vakillari bilan o‘tgan uchrashuvda ham ko‘plab masalalar muhokama qilindi.
“White & Case” vakillari kompaniyaning umumiy faoliyati, hozirgi transformatsiya jarayonlari, shuningdek, keyingi yillarda erishilgan natijalar bilan tanishtirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi va Jamiyatning yevroobligatsiyalarini chiqarish jarayonida samarali yuridik yordam ko‘rsatganligi uchun ularga yana bir bora minnatdorchilik bildirib o‘tildi.
Uchrashuvda tomonlar xalqaro bozorlardagi mavjud vaziyat va yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan beqaror iqtisodiy vaziyatlar borasida ham fikr almashishdi.

Tomonlar qo‘shma loyihalarning bugungi holati, yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdilar hamda rejalashtirilgan loyihalar doirasida hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi

17:46 / 17.02.2025
Davlatga qarashli bir qator yirik kompaniyalar yanvarda soliq to‘lashni qisqartirdi

17:51 / 27.12.2024
O‘zbekiston qanday qilib yirik gaz eksportyoridan sof importyoriga aylandi?

22:19 / 19.12.2024