Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda bank xodimi 539 nafar fuqaroga soxta kvitansiya berib pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi
U sherigi bilan 216 million so‘m to‘lovlarni naqd holda qabul qilgan va soxta kvitansiya berib, pullarni o‘zlashtirib yuborgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Qamashi tuman bo‘limi tomonidan tumandagi tijorat bankining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda aniqlanishicha, filialning sobiq xodimi S.T. fuqaro F.N. bilan o‘zaro til biriktirib, 539 nafar fuqaroga o‘zlarini go‘yoki G‘uzor tumani IIB YHXBga to‘lovlarni qabul qiluvchi xodim sifatida tanishtirgan. So‘ng odamlarning jami 216 million so‘m to‘lovlarini naqd pulda qabul qilib, evaziga bank muassasasining soxta kvitansiyalarini taqdim etib, pullarni talon-toroj qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda qalbaki kvitansiya bilan fuqaroning 30 million so‘m pulini o‘zlashtirgan bank xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya dumasi chet elga turlar uchun soliq joriy qilmoqchi
Jahon | 11:53
-
Lutsk va Kiyev viloyati dronlar hujumiga uchradi
Jahon | 11:41
-
Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak
Jahon | 11:21
Mavzuga oid

08:27 / 16.06.2025
Soliq idorasi mansabdorining noqonuniy harakati fosh qilindi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

09:12 / 02.02.2025
Qashqadaryoda oilani yarashtirishga borgan profilaktika inspektori pichoqlandi

23:04 / 13.09.2024