«Aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari qachon yakunlanishi aytildi
Respublika bo‘yicha gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari noyabr oyiga qadar yakunlanadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, respublika aholi xonadonlariga 3 mln 546 ming 148 dona “aqlli” gaz hisoblagich o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 8 mart holatiga 2 mln 681 ming 088 ta hisoblagich o‘rnatilgan.
Xususan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 155 029 dona (64 foiz);
- Andijon viloyatida — 205 985 dona (93 foiz);
- Buxoro viloyatida — 210 539 dona (80 foiz);
- Jizzax viloyatida — 138 526 dona (96 foiz);
- Qashqadaryo viloyatida — 127 994 dona (85 foiz);
- Navoiy viloyatida — 109 510 dona (82 foiz);
- Namangan viloyatida — 174 537 dona (106 foiz);
- Samarqand viloyatida — 177 722 dona (63 foiz);
- Surxondaryo viloyatida — 92 080 dona (85 foiz);
- Sirdaryo viloyatida — 110 326 dona (104 foiz);
- Toshkent viloyatida — 546 617 dona (92 foiz);
- Farg‘ona viloyatida — 218 455 dona (73 foiz);
- Xorazm viloyatida — 161 587 dona (72 foiz);
- Toshkent shaharda — 192 181 dona (31 foiz) gaz hisoblagich o‘rnatib bo‘lindi.
Respublika bo‘yicha gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari joriy yilning noyabr oyiga qadar yakunlanadi.
Mavzuga oid

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

16:03 / 05.03.2025