Duolarda ahli jahonga sog‘-salomatlik so‘rashda hikmatning ko‘pligi qanchalar haqiqat. Bir insonning dardga chalinishi farzandlarga yetimlikni, ota-onalarga farzand dog‘ini, qondoshlarga jigarini yo‘qotishdek kulfatlarni keltiradi. Farg‘onaning Oltiariq tumanida voyaga yetgan Hamidjon Madrahimovning jigar sirroziga chalinishi ortidan hozir oilaning uch a’zosi Hindistonda. Donorlik uchun ukasiga jigarining bir parchasini berish niyatida xorijga birga borgan opasi Marg‘ubaxon Mahkamovaning tahlil natijalari buning aksini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Hamidjonga ukasi Umidjon donorlik qilish uchun borgan va operatsiya o‘tkazilgan. Ammo ayni vaqtda aka-ukalarning ikkisi ham jonlantirish bo‘limida.
Bor-yo‘qlarini sotib, qarz-havola bilan ketgan bemor va uning yaqinlari musofir yurtda klinika xarajatlari uchun to‘lovlarni amalga oshira olmay mushkul vaziyatda qolishgan.
“Ukam 2011 yildan beri jigar sirrozidan aziyat chekadi. Oradan 10 yil o‘tib kasallik o‘ta og‘ir darajaga yetib keldi.
Hozir Hindistondagi klinikada ikki ukam bilan 18 soat davom etgan operatsiya jarayonini o‘tkazdik. Ammo klinikadan katta miqdorda qarz bo‘lib qoldik. Juda qiyin ahvoldamiz”, — deya kuyinadi opa.
Ayni vaqtda aka-ukalarning ahvoli og‘ir, jonlantirish bo‘limida yotishibdi. Xorijlik shifokorlar ularga yana bir oy davomida klinikada nazorat ostida bo‘lishlari kerakligini aytishgan. Bularning barchasiga esa mablag‘ zarur.
Hamidjon va donor ukasi Umidjonlarning 2 nafardan farzandlari bor. Ularning sog‘-salomat qaytishlarini O‘zbekistonda ota-onalari va farzandlari mushtoq bo‘lib kutishmoqda. Musofirchilikda bir emas, ikki ukasini jonlantirish bo‘limi eshigi tagida ilinj bilan kutayotgan opaning holini jigari borlar yaxshi tushunishadi.
Hamidjon Madrahimovga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0423 4739 6722 opasi Marg‘ubaxon Mahkamova nomida
Humo: 9860 0309 6088 8219 ukasi Umidjon Madrahimov nomida