Toshkentda 286 ming dollardan ortiq pulni yeguliklar orasiga yashirib, bojxonadan olib o‘tishning oldi olindi

Jamiyat 15:44 / 01.03.2022 17652

Toshkent xalqaro aeroportida bojxona xodimlari 286,9 ming dollarni noqonuniy olib chiqish uchun sodir etilgan nayrangni fosh qildi. Davlat bojxona qo‘mitasi valutalar aniqlangan holat tasvirlangan videoni e’lon qildi.

Videoda naqd xorijiy valutalar norin, kabob, pahlava kabi yeguliklar orasiga yashirilganini ko‘rish mumkin.

«Batafsil reportaj bugun telekanallarning kechki informatsion dasturlarida hamda Davlat bojxona qo‘mitasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida namoyish qilinadi», — deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: