Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, 2022 yil 22 fevral kuni Payariq tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Payariq tumani “Xosa” MFY hududida harakatlanib borayotgan Chuqur qishlog‘ida yashovchi Nexia mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina ko‘cha chetiga to‘kib qo‘yilgan shag‘al uyumiga borib urilgan va ag‘darilib ketgan.
Hodisa oqibatida, 27 yoshli mashina haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning muolajalariga qaramasdan, u vafot etgan.
Qayd etilishicha, tuman IIB YHXB tomonidan Payariq tumanidagi avtomaktabda hodisa yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Muhokamada haydovchilarga yo‘llarda ehtiyot bo‘lib, qoidalarga amal qilgan holda harakatlanish uqtirilgan.