26 fevral kuni, soat taxminan 23:30 larda Toshkent shahrida Spark rusumli avtomashina «Shahriston» metro bekatidan chiqib ketayotgan piyodani urib yuborib, bekatning yer osti o‘tish joyiga tushib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
«2022 yil 26 fevral kuni soat taxminan 23:30larda 1994 yilda tug‘ilgan, M.N. boshqaruvidagi «Spark» rusumli transport vositasida Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasi bo‘ylab, Unversam aylanma tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtda 1-uy qarshisida boshqaruvni yo‘qotib, «Shahriston» metro bekatidan chiqayotgan piyoda, 2000 yilda tug‘hilgan B.D.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda B.D., haydovchi M.N va yonidagi yo‘lovchi M.N olgan tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan», deyiladi xabarda.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.