Xalq ta’limi tizimidagi rahbar kadrlar uchun “Ta’limda liderlik” kurslari boshlandi

Jamiyat 22:39 / 26.02.2022 8969

26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi mutasaddilari va MFaktor ta’lim markazi spikerlari ishtirok etishdi.

Bu maxsus trening kursga Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari hamda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari jalb qilingan bo‘lib, rahbar xodimlarning boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar, mazkur yo‘nalishda yurtimizda ko‘zga ko‘ringan spikerlar tomonidan yoritiladi.

Foto: MFaktor

Trening kurslari boshqaruv kompetentligi bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassislar – MFaktor asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar, “Yuksalish” liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov, “Eduaction” rahbari Umid Ishmuhamedov, “Najot ta'lim” loyihasi rahbari Temur Adhamov, “Asaxiybooks” asoschisi Firuz Allayev tomonidan olib boriladi.

Foto: MFaktor

Mazkur kurslarda tizim rahbarlari yoshlarni hayotga tayyorlashda bugungi ta’lim xodimlariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar nimalardan iboratligi, maqsadni to‘g‘ri qo‘yish, maktab faoliyatini strategik rejalashtirish, jamoa qadriyatlari va kuchli jamoani shakllantirish muhimligi, rahbarlarda notiqlik san’atini rivojlantirish, zamonaviy maktab rahbarining rejasi qanday bo‘lishi lozimligi, inson kapitalini boshqarish – KPI borasida boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.

“Ta’limda liderlik” kurslari 26 fevraldan 2 martgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: