Piskent tumanida qarz evaziga berilgan qalbaki 3 200 AQSh dollari aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Piskent tumanida fuqarodan olgan qarzi evaziga qalbaki AQSh dollari bergan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Piskent tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.R.dan olgan qarzi evaziga qalbaki 3 200 AQSh dollarini berganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

11:18 / 25.02.2025
Dubayda 247 ming dollar qarz bo‘lib qolgan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi

00:21 / 20.02.2025
Jizzaxda qalbaki 51 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

10:19 / 25.12.2024
Chiqindidan qarzni to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muddat beriladi

11:46 / 30.10.2024