O‘zavtosanoat: sanoat va klasterlar rivojlanmoqda

Jamiyat 19:00 / 25.02.2022 20174

Avtomobil sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu sohada mamlakat aholisining salmoqli qismi bandligi ta’minlangan – avtomobilsozlikdagi bitta ish o‘rni turdosh sohalarda 7-8ta ish o‘rnini yaratadi. Har yili 280 mingga yaqin avtomobil ishlab chiqariladi. O‘zbekiston avtomobil sanoati avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchi mamlakatlar o‘rtasida 26-o‘rinni egallagan va shuning uchun possovet makonida bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya avtosanoatidan so‘ng ikkinchi va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda. O‘zbekiston 1998 yildan buyon Xalqaro  avtotransport ishlab chiqaruvchilar tashkilotining a’zosi hisoblanadi (OICA).

Hozirgi vaqtda ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha mahalliy o‘zbek korxonalari soni 300dan oshiqni tashkil etadi (jumladan, 26 tarmoq, 280ta xususiy korxona). Avtomobil klasteri asosan vodiyda joylashgan. Samarqand viloyati yuk avtomobillari, avtobuslar, Jizzax viloyati esa yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaradi. Multiplikativ effektni hisobga olganda, tarmoq korxonalarida 200 000dan oshiq odam ishlaydi va mehnat qiladi.

O‘zavtosanoat tufayli uning faoliyatiga bog‘liq sanoat va klasterlar rivojlanmoqda, bu – banklar, fan, madaniyat, yo‘llar, kimyoviy va og‘ir, rezina texnika sanoati, ixtisoslashgan kadrlarga talab oshmoqda, universitet muhitida avtomobilsozlik yo‘nalishi rivojlanmoqda. Avtomobil yig‘ish zavodlarining ochilishi tufayli xorijda mamlakat imiji yuqori baholangan va eksport bozoridagi kuchli raqobat muhitidan kelib chiqib, bizning avtomobillar va ehtiyot qismlar o‘z segmentida muvaffaqiyatli sotilmoqda.

Dunyoda tan olingan barcha mamlakatlardan faqat 49tasi avtomobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Sotish, qayta sotish hammaning qo‘lidan kelishi mumkin, ammo noldan ishlab chiqarishni har kim qila olmaydi. Avtomobil sanoati – bu yuqori aniqlikdagi texnikani xalqaro standartlar asosida murakkab texnologik ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, hamma davlat ham mazkur yo‘nalishni rivojlantirish salohiyatiga ega emas. 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: