Navoiyda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 10 tonna un “adashib” novvoyxonaga tushirildi

Jamiyat 12:57 / 25.02.2022 855

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, 15 fevral kuni olingan tezkor ma’lumotga ko‘ra Navoiy shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro T.H. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi shubha ostiga olinib, kuzatilgan.

Yuk mashinasi 10 tonna un mahsulotini “Navoiy don mahsulotlari” AJdan “Zarafshon oziq-ovqat invest” XK nomiga olib chiqqan. Haydovchi mazkur un mahsulotlarini Zarafshon shahridagi Quruvchi mahallasiga olib borishi lozim bo‘lsa ham Navoiy shahri Lochin mahallasidagi novvoyxona omboriga tushirayotgan vaqtida ushlangan.

IIB xodimlari tomonidan un mahsuloti belgilangan manzilga yetib borishi hamda aholiga tarqatilishi ta’minlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: