Mobiuz 4G LTE foydalanuvchilari soni oshganligi haqida xabar berdi

Jamiyat 17:00 / 25.02.2022 10372

Bunga mavjud tayanch stansiyalarini jadal modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish, tegishli infratuzilmani takomillashtirish orqali erishildi. Yil davomida Mobiuz 2,3 mingdan ortiq to‘rtinchi avlod tayanch stansiyalarini efirga uladi – bu kompaniyaning butun tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

Transport tarmog‘ini rivojlantirish doirasida 70 dan ortiq radiorele aloqa liniyalari oraliqlari qurildi va 1,3 mingdan ortig‘i modernizatsiya qilindi, 36,6 ming metrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari tortildi.

Amalga oshirilayotgan barcha loyihalar ikkita ustuvor vazifani hal qilishga qaratilgan. Yirik shaharlar va viloyat markazlarida – bu tarmoqlar sig‘imini yanada oshirish, mobil internet barqarorligini ta’minlash, signal yo‘qolib qolishi mumkin bo‘lgan joylar sonini qisqartirish, tuman va qishloqlarda ish jarayoni 4G LTE qamrovini maksimal darajada kengaytirishga yo‘naltirilgan.

Ushbu chora-tadbirlar natijasida Mobiuz’ning umumiy internet-trafigida 4G LTE ulushi 63,6 foizni tashkil etdi va o‘sishda davom etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, kompaniya abonentlari umumiy sarflayotgan internetining 63,6 foizi 4G LTE’ga to‘g‘ri kelmoqda.

Operatorning texnik bloki jamoasi oldida ulkan vazifalar turibdi. Xitoy Xalq Respublikasi bilan investitsiya loyihasi doirasida ma’lumotlarni uzatish xizmatlarini 4G LTE tarmoqlariga to‘liq o‘tkazish rejalashtirilgan. Joriy yilda kamida 1000 ta 4G LTE tayanch stansiyalarini ishga tushirish, 5G'ni to‘laqonli faollashtirish va uni yanada rivojlantirish rejalashtirilgan. Transport tarmog‘ini modernizatsiya qilish, noyob xizmatlarni joriy etish uchun billing tizimini yanada takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Yil boshidan buyon mamlakatimiz bo‘ylab 40 dan ortiq aholi punktlarida o‘nlab tayanch stansiyalari ishga tushirildi. Kegeyli, Oltinko‘l, Jamansha (Qoraqalpog‘iston), Miraki (Qashqadaryo viloyati), Qorayantoq (Xorazm viloyati), Daugiztau (Navoiy viloyati) qishloqlarida va boshqa ko‘plab aholi punktlarida infratuzilmani faol rivojlantirish amalga oshirildi.

Ushbu aholi punktlarida mobil internet tezligining sezilarli yaxshilanishi kompaniya abonentlariga raqamli xizmatlardan foydalanish, katta hajmdagi fayllarni yuklab olish, video tomosha qilish yoki onlayn o‘yinlarni real vaqtda o‘ynash imkonini berdi.

“Hootsuite” xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, zamonaviy foydalanuvchilar kuniga o‘rtacha 6 soat 58 daqiqani internetda o‘tkazishadi. Ijtimoiy platformalar, onlayn o‘yinlar, internetdan faol foydalanish – bularning barchasi foydalanuvchilarni global tarmoqda ko‘proq vaqt o‘tkazishiga undaydi. Bu Mobiuz abonentlariga ham to‘liq taalluqlidir.

Mobiuz yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalda kuzatishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: