Toshkent metrosida erkak o‘zini poyezd tagiga tashlagani tufayli poyezdlar harakati to‘xtab qoldi

Jamiyat 22:53 / 24.02.2022 44130

Metropoliten matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea soat 21:00 da sodir bo‘lgan. Natijada «Chilonzor» yo‘lining bir tomonida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.

«Holat yuzasidan batafsil ma’lumotni dastlabki surishtiruv ishlari yakuniga yetgach ma’lum qilamiz», deyiladi rasmiy xabarda.

Toshkent metropolitenining rasmiy Telegram-kanaliga soat 22:21da joylashtirilgan xabarda poyezdlar harakati doimiy reja asosida davom ettirilayotgani ma’lum qilingan. Bu ma’lumotni voqea joyida bo‘lib turgan guvohlar ham tasdiqlashdi.

Rasmiy xabarlarda o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkakning ahvoli haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni «Abdulla Qodiriy» metro bekatida poyezd to‘xtab qolgandi. Voqea joyida bo‘lgan Kun.uz muxbiri vagonlarda bo‘lgan taxminan 200 nafar yo‘lovchi bekatga tushirilgani, yarim soatdan keyin boshqa poyezd yo‘lovchilarni olib ketgani haqida xabar bergandi. Rasmiy xabarlarda ushbu holat texnik nosozlik tufayli yuz bergani aytilsa-da, muammoning asl sababi ochiqlanmagan.

Ko‘proq yangiliklar: