Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga, Farg‘onada Koreyaga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 11:38 / 24.02.2022 631

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.Sh. fuqaro J.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Turkiya, Italiya yoki Meksika davlatlari orqali aylanma yo‘llar bilan AQSh hududiga olib o‘tishi va ushbu davlatda ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 20 000 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.S. fuqaro N.ni ishonchiga kirib, 3,5 ming dollar evaziga uni Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, oldindan 300 dollar va 500 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Avvalroq, Samarqandda fuqarolarni Boliviya, Kolumbiya va Meksika orqali Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan guruh a’zolari qo‘lga olingandi.

Ko‘proq yangiliklar: