Soy ustiga qurilgan ko‘prik qachonlardir buzilib ketgan. Bahor kezlari soyda suv to‘lib-toshadi va u ko‘prikdan o‘tish imkonsiz bo‘lib qoladi. Ota-onalar esa katta quvurdan kesib yasalgan qo‘lbola ko‘prikdan o‘tib maktabga qatnaydigan bolasini yurak hovuchlab kutib o‘tirishini aytmoqda.
Aholining ma’lum qilishicha, qimirlab turuvchi ushbu ko‘prikdan o‘tishda bolalarning yiqilib tushgan holatlari ham kuzatilgan. Ko‘za kunda emas, kunida sinadi, degan naqlni unutgan tuman rahbarlari esa bu muammoga negadir ko‘z yumib kelishyapti.
Kun.uz ushbu qishloq muammolarini ikki yil oldin yoritgandi. Ammo ularning aksariyati, xususan, ko‘prik masalasi bugungacha o‘z yechimini topmagan.