Jahon iqtisodiyoti manzarasi va strukturasini o‘zgartirgan koronavirus, boshqa sohalarga nisbatan aynan avtomobil sanoatiga kuchliroq ta’sir qildi. Avtomobil bozoriga hozir va shu yerda ta’sir ko‘rsatadigan obektiv omillardan tashqari, yuzaga kelishiga faqatgina COVID-19 sabab bo‘lmagan inqirozning alohida belgilari ham katta ahamiyat kasb etadi. Bugun shulardan biri - mikrochiplar tanqisligi haqida so‘z yuritamiz.
UzAuto Motors ishlab chiqarishining 2020 yilga oid faktik ko‘rsatkichlarini hisobga olib (rekord darajadagi — 280 080ta birlik) 2021 uchun xuddi shu ko‘rsatkich asosida talab oshgan holatda uni 320 000gacha yetkazish imkoniyati bilan reja tuzilgan.
Ishlab chiqarish quvvatlari, amaldagi shartnomalar va xodimlar soni ushbu kutilmalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkinligiga ishonch uyg‘otgandi. Biroq birinchi chorakning o‘zidayoq global kon’yunkturaning keskin o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab avtozavodlarning ishiga ta’sir ko‘rsata boshladi. Yarimo‘tkazgichlar tanqisligi yirik ishlab chiqaruvchilar ishini qiyinlashtirdi, endi ular shartnoma majburiyatlarini bekor qilish fakti qarshisida turardi.
2020 yilda shartnomalashtirilgan 280 ming mashina komplekt mikrochipdan faqatgina 150 mingtasi tasdiqlangan. Bundan tashqari, bir avtomobilni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 7-8 tipdagi (dvigatelni boshqarish bloki, multimedia tizimi, ABS, Ero-glonass va b.) mikrochipning har birini yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar betartib tarzda yuzaga kelgan. Bu mashina komplektmikrochiplarning noto‘liqligiga olib kelar va avtomobillar opsionalligi qismida doimiy taranglikni talab etardi.
Shunday bo‘lsa-da, oldindan yaratilgan mikrochiplarga ega ehtiyot qismlari zaxiralari vaziyatning ayanchli tus olishi — konveyerlar to‘xtashining oldini olish imkonini berdi. Bundan tashqari, holatni barqarorlashtirish uchun keskin choralar ko‘rilgan: GM International va bir qator mikrochip ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar qo‘shimcha yarimo‘tkazgichlarning yetkazib berilishini ta’minladi, bu joriy yilda inqiroz sharoitidagi 150 mingta emas, 235 ming 600 ta avtomobil ishlab chiqarishga imkon yaratgan.
UzAuto Motors’ni zarur miqdorda mikrochiplar bilan ta’minlash va logistik jarayonlarni yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni hisobga olib, zavodning ishlab chiqarish quvvatini oshirish bilan bog‘liq barcha choralar birgalikda avtomobillarga bo‘lgan talabning qondirilishiga yordam beradi.
Kompaniyaning mikrochiplarni yetkazish va dunyodagi logistik vaziyatga ta’sir ko‘rsatish darajasi juda oz. Ko‘plab tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, mikrochiplar va logistika bilan bog‘liq muammolar jahon bozorida 2023 yilga qadar saqlanib qoladi. Qolaversa, vaziyat hatto yomonroq tus oladi.
2022 yilda mazkur kataklizmlarning kompaniya faoliyatiga ta’sirini yumshatish uchun GM bilan avtomobil ishlab chiqarish mikrochiplari va logistika bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Biroq hatto shu holatda ham UzAuto Motors tomonidan kompaniyaning inqirozdan chiqishi uchun unga bog‘liq barcha choralarning ko‘rilishi u ta’sir ko‘rsata olmaydigan xavflarni istisno qilmaydi.
"UzAuto Motors" Axborot xizmati Ⓣ