Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Uzun tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning Tojikistondagi Pedagogika universitetini tugatganligi haqidagi diplomini go‘yoki “S.” ismli tanishi orqali nostrifikatsiya qilib berishni va’da qilib, evaziga 1 100 dollar va 6,5 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.