Samarqand shahrida chiqindi olib chiqishga mas’ul bo‘lgan Maroqand Obod davlat unitar korxonasining xabar berishicha, shaharning Pochta ko‘chasida joylashgan chiqindi konteyneriga noma’lum shaxslar beton qorishmasini to‘kib ketishgan.
«Chiqindi konteynerlari faqat maishiy chiqindilar uchun! Samarqand shahar Pochta ko‘chasida joylashgan konteyner ichiga qurilish qorishmasi (suyuq beton) tashlangan. Shu beton qorishmasidan Maroqand Obodga zarar yetkazmasdan, maqsadli foydalansa bo‘lardi. Masalan, piyodalar yo‘lagini tekislash uchun», deyiladi xabarda.