Sirdaryoda o‘ziga tegishli yerni 38 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi

Jamiyat 10:15 / 17.02.2022 1525

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda “X.A.” fermer xo‘jaligi rahbari Z.T. xo‘jalikka ijara shartnomasiga asosan Xovos tumani hududidan uzoq muddatga ajratilgan 15 gektar yaylov yer maydonini fuqaro O‘.ga firibgarlik yo‘li bilan 38 000 dollarga sotishga kelishib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: