Ma’lum qilinishicha, Yakkabog‘ tumanida YPX xodimlari va qonuniy talabga bo‘ysunmagan Nexia-3 mashinasi haydovchisi o‘rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan. O‘sha atrofda bo‘lgan ayrim shaxslar YPX xodimlarining xizmat vazifasini bajarishga xalaqit bergan. Shundan so‘ng holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar 2022 yil 16 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tuman sudi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Nexia-3 haydovchisi, 1990 yilda tug‘ilgan N.X.ning xatti-harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi hamda 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilib, unga nisbatan 14 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, 1985 yilda tug‘ilgan F.U. hamda 1987 yilda tug‘ilgan A.B.ning xatti-harakatlarida MJTKning 194-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilgan. Ularning har biriga BHMning 3 baravari miqdorida (810 000 so‘m) jarima jazosi tayinlangan.