Ma’lum qilinishicha, departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Karmana tumanida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda tumanning Do‘stlik mahallasida joylashgan, tabiiy gazdan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan issiqxonada gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan qayta ulanib olish holati aniqlangan. Issiqxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 212,6 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.