ISHONCH do‘konlari respublikamizning deyarli barcha hududlarida mavjud bo‘lib, joriy yilda yana 20 ga yaqin do‘kon ochishni rejalashtirgan. Kuni kecha Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tarmoqning 51-filiali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
ISHONCH — bu maishiy texnika va uy uchun mahsulotlar mavjud bo‘lgan do‘konlar tarmog‘i bo‘lib, barcha mahsulotlarni muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin. Tarmoqning birinchi do‘koni 2010 yilda Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanida ochilgan. Bu yilning mart oyida ISHONCH do‘konlar tarmog‘i o‘zining 12 yilligini nishonlamoqda.
Ushbu yilning 15 fevral kunida Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, Kadan qo‘rg‘onida yangi filial o‘z eshiklarini ochdi. Ochilish marosimi tantanali ravishda, qiziqarli shou-dastur taqdim etgan holda o‘tkazildi, tadbirga tashrif buyurganlar orasida sovg‘alarga boy turli xil tanlovlar o‘tkazilib, barchaga a’lo kayfiyat ulashildi.
ISHONCH do‘konlar tarmog‘i o‘tgan yil davomida respublikamizning Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi do‘konlarini ochib, o‘zining qamrov hududini kengaytirdi. Hozirgi kunda barcha filiallar aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Muddatli to‘lov ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining asosiy ustunligi bo‘lib, barcha mahsulotlarni 3 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga xarid qilish mumkin. Do‘konlarda 7000 dan ortiq mahsulot turlari mavjud bo‘lib, ularning orasida yirik va kichik maishiy texnikalar, smartfonlar, planshetlar, noutbuklar, ofis va uy uchun texnikalar, barcha turdagi mebel jihozlari, sport anjomlari, musiqiy asboblar, avtomobil ehtiyot qismlari, bolalar uchun mahsulotlari va yana ko‘plab boshqa turdagi mahsulotlar mavjud.
ISHONCH do‘konlar tarmog‘ining mijozlari uchun ko‘plab qulayliklar yaratilgan bo‘lib, ulardan biri budjet tashkiloti xodimlari va nafaqadagilar uchun muddatli to‘lovni rasmiylashtirishga atigi pasportning o‘zi kifoya.
ISHONCH kompaniyasining asosiy maqsadi qisqa vaqt ichida orzularni haqiqatga aylantirib, unga erishish uchun imkoniyat yaratib, biz mavjud bo‘lgan hududlarda aholi turmush tarzini rivojlantirish va yuksaltirishga o‘z hissamizni qo‘shishga qaratilgan. Shundan kelib chiqqan holda, yangi ochilgan filialda 49 nafar yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, ularning asosiy qismini Kattaqo‘rg‘onlik yoshlar egallagan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kompaniyaning 12 yilligiga bag‘ishlangan tanlov o‘tkazilayotganini ma’lum qilamiz.
Bizning Telegram-botimizda ISHONCH kompaniyasida mavjud bo‘lgan bo‘sh vakansiyalar haqida ma’lumotni olishingiz va anketangizni qoldirishingiz mumkin.
Yagona call-markazi: (+998) 73−515−22−22.
Reklama huquqi asosida