Ijaraga joy kerakmi?

Jamiyat 09:00 / 17.02.2022 11815

Ko‘chmas mulk ijarasi eng tez rivojlanayotgan biznes sohalaridan biridir, buning bir qancha sabablari mavjud:

1.     Infratuzilma (infratuzilmaning tez rivojlanishi)

2.     Yangi binolar (ko‘plab yangi qurilayotgan binolar)

3.     Takliflar (raqobat ortishi bilan imtiyozli takliflar)

4.     Talab (ko‘chmas mulk ijarasiga katta talab)

Shularni hisobga olib bizning jamoamiz tez rivojlanayotgan sohaga alohida e’tibor qaratishni lozim deb bildik va O‘zbekistonda ilk bor ArzonArenda loyihasiga qo‘l urdi.

ArzonArenda loyihasida ijaraga beruvchi bilan ijaraga oluvchi qulay aloqa o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.

Ijaraga beruvchi uchun afzallik tomonlari shundan iboratki, alohida ilova yoki saytga kirib o‘tirmasdan telegram bot orqali o‘z binolarini ijaraga berish uchun e’lon joylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

Ijaraga oluvchilar esa o‘zlariga mos ko‘rsatkichlar bo‘yicha xonadon, uy-hovli, ombor va ofis kabi binolarni qidiruv orqali tez va oson topishlari mumkin bo‘ladi.

ArzonArenda o‘zbek, rus va ingliz tillarida faoliyat yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: