Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda IIB hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro N.Yu. fuqaro M.ga xorijda ishlab chiqarilgan, COVID-19 infeksiyasini davolashda keng qo‘llaniladigan “Remdesivir” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.