Asan Abdurahmanov: “Mobil tarmoqni qanday rivojlantirish kerak?”

Jamiyat 12:00 / 17.02.2022 9651

Hozirgi kunda aloqa sohasida ishlash nimani anglatadi? Hech bo‘lmaganda, doimo o‘rganish, chunki telekommunikatsiya texnologiyalari ajoyib tezlikda bir-birini almashtirmoqda. Keksa avlod hali ham diskli simli telefonlarni eslashadi, hozirda esa hatto olis viloyat markazlarida ham uyali aloqa operatorlari abonentlari smartfonlardan foydalanishadi. Beeline Uzbekistan tarmog‘ini ekspluatatsiya qilish xizmati rahbari Asan Abdurahmanov kabi iste’dodli o‘zbek aloqachilari ulkan texnologik rivojlanishda ko‘makdosh bo‘lishadi. Yaqinda kompaniyaning alohida e’tirofiga sazovor bo‘lgan xodimlardan biri - telekommunikatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi uchun oltin mukofot oldi. U Beeline’da 23 yildan beri faoliyat yuritadi.

Deyarli noldan

Aloqa evolyutsiyasini tasavvur qilish uchun zamonaviy smartfonlarni yigirmanchi asr qurilmalari bilan solishtirishning o‘zi yetarli emas. Infratuzilma qanday o‘zgarganini tushunish kerak. Mobil telefonlarning ishlashi va ularning egalari istalgan joyda kerakli odamga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki internetga kirishlari uchun kuchli yuqori texnologiyali tarmoq kerak. Ushbu tarmoqning abonentlarga mavjudligi telefonning signalini suhbatdoshingizga yetguncha "zanjir bo‘ylab" uzatuvchi tayanch stansiyalar tomonidan ta’minlanadi. Demak: Asan Abdurahmanov ish boshlaganida kompaniyada ... 11 ta baza stansiyalari tarmog‘i mavjud edi. Hozirda ularning soni 13 000 dan oshgan. Beeline’ning o‘zi esa hali bo‘lmagan - kompaniya Unitel nomi ostida faoliyat yuritgan. Abdurahmanovning birinchi vazifasi esa Unitel kommutatorini Toshkent shahar telefon tarmog‘iga ulash bo‘lgan.

“Men o‘shanda GTSda ishlaganman. Yodingizda bo‘lsa, 1990 yillarning birinchi yarmida shahar telefonida suhbatdosh bilan bog‘lanish qiyin edi. Shahar stansiyalari o‘rtasida ma’lumot uzatish uchun yangi texnologiyalar talab qilindi va Germaniya kompaniyasi bilan birgalikda GTSda birinchi optik tolali halqa ishga tushirildi. 1997 yilda mening bevosita ishtirokim bilan Unitel kommutatori ushbu transport halqasiga ulandi, bu esa abonentlarga shahar telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish imkonini berdi – o‘sha paytdan boshlab kompaniyaning tijorat tarixi aslida boshlandi. Aynan shu loyiha davomida Unitel meni payqab qoldi va mobil aloqaning mutlaqo yangi sohasida ishlashni taklif qildi”, — deydi Asan Abdurahmonov.

Yosh aloqachi mamnuniyat bilan rozi bo‘ldi, garchi bu har jihatdan "boshqa ish" bo‘lsa-da: yangi jamoa, tubdan boshqa texnologiyalar, noodatiy qurilmalar. Abonentlar ham ular bilan qiyinchiliklarga duch kelishdi hamda muhandis Abdurahmanov sozlash va ta’mirlashda yordam berdi, ba’zida turli xil menyu elementlarini qanday kiritish kerakligini tushuntirdi. U olti yil davomida abonent terminallari uchun yordamchi muhandis bo‘lib ishlagan. Va keyin uning hayotida yangi bosqich boshlandi - kompaniya O‘zbekistonda tarmoqni jiddiy ravishda kengaytirishga qaror qildi. Asan Abdurahmonov yangi baza stansiyalarini ishga tushirish loyihasiga qo‘shildi.

Foto: Beeline Uzbekistan

«Baza» yaratish

Mutaxassis bo‘lmagan odamning fikriga ko‘ra, bazaviy stansiyaning (BS) ishga tushirilishi ba’zan shunday ko‘rinadi: muhandislar antennani tomga yoki ustunga olib chiqib, nisbatan aytganda, rozetkaga ulashadi - tamom, ish bajarildi. Aslida esa, jarayon uzoq va murakkab bo‘lib, mutaxassisdan yuqori malakali va ko‘p qirrali bilimlarni talab qiladi.

Birinchidan, siz tayanch stansiya uchun mos joyni topishingiz kerak, shunda u radio signalini shovqinsiz uzatadi va imkon qadar ko‘proq hududni qamrab oladi. Ikkinchidan, aloqa vositalarini o‘rnatish va ishlatish uchun davlat organlaridan ruxsat olish, BS o‘rnatilgan hudud yoki binoning egasi bilan ijara shartnomasini tuzish kerak. Uchinchidan, tayanch stansiyani o‘rnatish (va bu shunchaki antennalar emas: yaqin atrofda turli xil «apparat» bo‘lgan butun «kabinet» mavjud), yangi stansiya tarmoqdagi boshqa elementlar bilan muammosiz o‘zaro ta’sir qilishiga ishonch hosil qilish kerak. Barcha hujjatlarni qabul qilishni hisobga olgan holda bitta BS saytini ishga tushirish bir necha oy davom etishi mumkin.

Tarkibiga Abdurahmanov ham kirgan jamoa qisqa vaqt ichida Toshkent viloyatida o‘nlab yangi «baza»larni muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Va tez orada unga transport tarmog‘i guruhining rahbari bo‘lish taklif qilindi.

“O‘sha paytda menda bor-yo‘g‘i uchta xodim bor edi. Biz hududlarga ham, poytaxtdagi tarmoqlarga ham yordam berdik. Ma’lumki, vazifalar ro‘yxati doimo o‘sib bordi, yangi mutaxassislar paydo bo‘ldi va vaqt o‘tishi bilan men o‘z jamoam bilan birga Tarmoq operatsiyalari xizmatining rahbariga aylandim. Ayniqsa, uning yaratilishidan faxrlanaman. Menimcha, bunday malakali mutaxassislar nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda kam!” - deydi Abdurahmanov.

Foto: Beeline Uzbekistan

Ishqibozlar uchun ish

Asan Abdurahmonovning jamoasi amalga oshirayotgan loyihalar haqida gapirish oson emas. Chunki ko‘p vazifalarning mohiyati faqat professionalga tushunarli. Shunday qilib, analog aloqadan ma’lumotlarni paketli uzatish texnologiyalariga o‘tish nimani anglatishini faqat mutaxassis to‘liq tushunadi - aslida bu boshqatdan o‘rganish degani. Raqamli texnologiyalar ham zeriktirmaydi: har bir necha yilda yangi avlod uskunalari paydo bo‘ladi, bunda mutaassiblikka joy qolmaydi! Har bir yangi professionallik esa muqarrar ravishda o‘ziga jalb qiladi. Shu bois, Asan Abdurahmanov yigirma yildan ortiq bir korxonada ishlasa ham, “bir joyda juda uzoq qolib ketdim” degan fikrda emas. Shu qatorda erishilgan natijalar ham ilhomlantiradi. Yutuqlarning birini aytib o‘tdik: bazaviy stansiyalar soni ming barobarga oshdi, aloqa butun mamlakatni qamrab oldi. Natijada abonentlar soni ortdi. 23 yil oldin kompaniyaning mijozlari 1000 dan kam edi. Hozir esa millionlar. Ular bilan munosabatlar esa ko‘p jihatdan Beeline Uzbekistan muhandislari tomonidan qanchalik ishonchli va sifatli aloqa ta’minlanishiga bog‘liq.

“Tarmoqning ishlashi juda mas’uliyatli. Bizning butun jamoamiz, oltita bo‘limning har biri muvofiqlashtirilgan ishisiz, abonentlarga kerak bo‘lgan xizmatlar sifatini kafolatlash mumkin emas edi. Yaxshiyamki, biz "mumkin emas" so‘zini ishlatmaydigan odamlarni yig‘dik. Ko‘pchilik bu yerga talabalik chog‘idan kelgan, hozir esa haqiqiy professionallarga aylanishgan. Chunki kompaniyada xodimlarning o‘sishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Yosh mutaxassislarda rivojlanishga, shaxsan o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘yishdan qo‘rqmaslik, bu muammolarni hal qilishda hamkasblarini jalb qilish istagi yetarli. Mutaxassislar jamoasida ishlashdan faqat faxrlanish mumkin!” – deydi Asan Abdurahmanov.

Foto: Beeline Uzbekistan

Albatta, Xizmat rahbarining hayoti nafaqat ish kunlaridan iborat. Asan Abdurahmonov dam olish kunlarini oilasi – rafiqasi va ikki voyaga yetgan farzandi, do‘stlari bilan suhbatga bag‘ishlaydi. Kechqurun, haftada bir necha marta - o‘n yoshidan boshlab qiziqqan futbol bilan shug‘ullanadi. Ammo Beeline’ning faxriy xodimi shu daqiqalarda ham aloqa haqida unutmaydi.

Foto: Beeline Uzbekistan

“Ishimiz o‘ziga xos xususiyati quyidagicha: odamlar kuniga 24 soat, yiliga 365 kun telefonlaridan foydalanishadi, – deydi Asan Abdurahmanov. – Biz ofisdan chiqqanimizda ham ishda qolamiz. Har doim zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan muammo bo‘lishi mumkin. Agar inson bunga tayyor bo‘lsa, jamoamizda o‘zini qadrdondek his qiladi”.

Ko‘proq yangiliklar: