Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda IIB xodimlari olib ketgan fuqaro kasalxonada vafot etdi. Holatni prokuratura tekshirmoqda
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida IIB xodimlari olib ketgan fuqaro ertasi kuni kasalxonada vafot etgan. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Foto: stock.adobe.com
IIV matbuot kotibining xabar berishicha, 2022 yil 11 fevral kuni soat 20:30da Mirishkor tumani Madaniyat mahallasida yashovchi fuqaro A.K. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, tumanning Chandir qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro S.X. ko‘chada mast holatda qo‘ni-qo‘shnilar bilan janjallashib, ularning tinchligini buzayotganini ma’lum qilgan.
Murojaat yuzasidan voqea joyiga yetib borgan profilaktika inspektorlari huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirib, mast holatda bo‘lgan, sog‘liqni saqlash organlarida spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxs sifatida hisobda turuvchi fuqaro S.X.ni respublika ixtisoslashtirilgan Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filialiga joylashtirgan.
Bemor S.X. shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilib, statsionar davolanishga yotqizilgan. Soat 23:40da bemor S.X.ning sog‘lig‘i yomonlashgach, respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo viloyati filialiga yetkazilgan.
Kasalxonada bemor S.X.ga shifokorlar tomonidan birlamchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, 12 fevral kuni soat 01:30da «Alkogoldan o‘tkir zaharlanish og‘ir darajasi, aspiratsion sindrom, alkogol komasi o‘tkir nafas yetishmovchiligi II-III darajasi, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi II daraja» tashxisi bilan vafot etgan.
«Holat prokuratura organlari tomonidan nazoratga olingan va o‘rganish natijasiga ko‘ra, marhum S.X.ning tanasida tan jarohati va boshqa jismoniy kuch ishlatish bilan bog‘liq belgilar aniqlanmagan» deyiladi, IIV matbuot kotibi xabarida.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma’lumotida esa o‘rganish natijalari hali ochiqlanmagan. Unda yozilishicha, Mirishkor tumani “Chandir” MFYda yashovchi fuqaro S.X.ning Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam markazi Qashqadaryo filialida vafot etgani holati yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tergovga qadar tekshiruv harakatlari yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi.
Avvalroq, 2021 yil 10 iyul kuni Denov tumanida IIB xodimlari tomonidan ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan fuqaro vafot etgan va unga yo‘lda uchastka inspektori yordamchilari tan jarohati yetkazgani aniqlangandi.
Shuningdek, 2020 yil 23 yanvar kuni Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlaganlikda gumonlanib tuman IIBga olib borilgan fuqaro kaltaklanishi ortidan vafot etgandi.
Bundan tashqari, 2020 yil 30 may kuni Andijon shahrida yashovchi fuqaro IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani ortidan og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan va 11 iyun kuni vafot etgandi.
O‘zbekistonda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarga kuch ishlatilishi oqibatida o‘lim holatlari ro‘y berishi yaqin o‘tmishda ham bir necha marta kuzatilgan. 2020 yil yanvar oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi A.Yu. mol o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib tuman IIO FMBga olib boriladi va o‘sha yerda xodimlar tomonidan qiynab o‘ldirilgandi. Bu hodisa yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov «IIB binosida odam o‘lishi yangilik emas»ligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

18:02 / 18.07.2025
Qashqadaryoda haydovchi odamlarni sudrab ketdi

17:07 / 06.01.2024
Qashqadaryoda Nexia urib yuborgan piyoda vafot etdi

16:59 / 14.10.2023
Qashqadaryoda baliq ovlagani borgan fuqaro cho‘kib ketdi

17:49 / 03.08.2023