Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Namangan viloyati prokurori lavozimida ish boshladi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuror buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Bektosh Rahimovich Soyipov Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bektosh Soyipov 2016 yilgacha Jizzax viloyati Zomin tumani prokurori bo‘lgan, keyinroq Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2021 yil martidan buyon Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yildan buyon Namangan viloyati prokurori bo‘lgan Jahongir Hotamov 2022 yil 15 fevral kuni Samarqand viloyati prokurori lavozimiga o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid

10:54 / 12.03.2025
Odiljon Abduqahhorov «O‘zbekkonsert» rahbarligiga qaytdi

18:31 / 11.03.2025
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

14:43 / 11.03.2025
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi

16:51 / 08.03.2025