Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Sardoba tuman bo‘limi, DXX Oqoltin tuman bo‘limi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, fuqaro M.K. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Mirzaobod tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 20 gektar sug‘oriladigan yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berish evaziga 80 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.