"Sigma Software" kompaniyasi O‘zbekistonda dasturiy ta’minot ishlab chiqish ofisini ishga tushiradi

Jamiyat 18:00 / 15.02.2022 7964

“Sigma Software” kompaniyasi Toshkentdagi yangi ofisida yoki O‘zbekistonning istalgan nuqtasidan masofadan turib ishlash uchun hamda keng ko‘lamda ishga yollash orqali O‘zbekistonda ish boshlashni rejalashtirmoqda. Toshkent shahridagi Inha universitetida ham o‘quv laboratoriyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

“Hozir O‘zbekiston IT-sanoati va davlat darajasida innovatsiyalar sohasida katta salohiyatga ega. Menimcha, bu hamkorlikni rivojlantirish uchun ayni vaqtidir. Sigma dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo‘limi mavjud bo‘lgan har bir shaharda biz IT bo‘yicha tajribamiz bilan bo‘lishamiz, universitetlar bilan hamkorlik qilamiz, jamiyatni qo‘llab-quvvatlaymiz, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazamiz.

Ishonchim komilki, mahalliy hamkorlar bilan birgalikda biz mahalliy hamjamiyatni mustahkamlay olamiz, unda yuqori toifadagi dasturchilar ham, startaplar ham rivojlanadi”, - deya sharhlaydi “Sigma Software” bosh direktori Valeriy Krasovskiy.

“AQSh, Shvetsiya, Germaniya, Italiya, BAA va boshqa mamlakatlardagi mijozlar uchun dasturiy yechimlar ishlab chiqadigan o‘zbekistonlik IT-muhandislarini jamoamizda kutib qolamiz. Biz sun’iy intellekt, bulutli yechimlar, katta ma’lumotlar, kengaytirilgan va virtual haqiqat kabi innovatsion texnologiyalar bilan ishlaymiz", - deydi “Sigma Software” kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejyeri Irina Shimko.

IT-ta’lim - kompaniyaning alohida e’tibor beruvchi sohasidir. “Sigma Software” kompaniyasining ta’lim bo‘yicha direktori Maksim Pochebut buni strategik yo‘nalish sifatida ko‘radi: “IT sohasida ta’limga e’tibor kuchayishi tufayli Markaziy Osiyo bozori juda jadal rivojlanmoqda. O‘zbekistonda texnik qancha davlat dasturlari va to‘laqonli strategiya mavjud. Biz hamkorlarimiz bilan nafaqat biznes jarayonlarini, balki ta’lim platformasini ham ishlab chiqmoqdamiz. Biz resurslarimizni yangi EdTech loyihalariga sarflashga va nafaqat yosh, balki tajribali muhandislarning tajribasini rivojlantirishga tayyormiz”.

Kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirishi 5-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Open Tech Day” IT konferensiyasidan boshlanadi. Unda olti nafar yetakchi IT-mutaxassislari ishtirok etadilar. Batafsil ma’lumotni Sigma Software Uzbekistan sahifasidan olishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Svetlana Bovkun bilan bog‘laning:

svitlana.bovkun@sigma.software

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: