“Samarali reklama siri nimada?” - O‘zbekistonning top-biznesmenlaridan tavsiyalar

Business class 10:11 / 15.02.2022 339995

Hayotimizda internetning o‘rni kun sayin kengaymoqda

Zamon talablariga ko‘ra bugungi kun odamlari asosan onlayn nashrlarni afzal bilishmoqda. Chunki har doim ham televizion yoki bosma nashrlarni kuzatishga imkon bo‘lmaydi. Onlaynda esa istalgan vaqt va joyda axborot olsa bo‘ladi.

Zafar Hoshimov

Tadbirkor, Korzinka.uz asoschisi Zafar Hoshimov insonlar hayotida internetning o‘rni yil sayin emas, kun sayin o‘sayotganini aytdi.

“Yildan yilga derdim, lekin kundan kunga internetning hayotimizdagi o‘rni, uning odamlarga axborot yetkazish ahamiyati oshib boryapti. Hozir intervyu jarayonida ham telefonimga internet orqali xabarlar kelayotganini sezyapman. Bu balki biror yangiliklar yoki xabarlar bo‘lishi mumkin. O‘z-o‘zidan imkon qadar tezroq uni o‘qish istagi paydo bo‘ladi”,- deya qayd etdi Korzinka.uz rahbari.

Bugun eng samarali reklama – internet reklamalardir

Turmush tarzida internetning qamrovi ortishi o‘z o‘rnida undan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. O‘zbekistondagi top-biznesmenlar internet orqali berilgan reklamalarni eng samarali reklama sifatida qayd etishmoqda. Chunki jamiyatdagi eng katta omma bugun internetda o‘tiribdi.

Murod Nazarov

Jumladan, Murad Buildings rahbari Murod Nazarov buning qulay tomonlari ko‘pligini ta’kidladi: “Internet orqali berilgan reklamaning qulayliklaridan biri – uni tahlil qilish imkoniyatining mavjudligida. Bu bilan berilgan reklamaning qanchalik samarali bo‘lganini bilish mumkin”.

Husan Mamasaidov

 “Ertalab uyqudan uyg‘onishimiz bilan telefonimizni qo‘lga olib yangiliklardan xabardor bo‘lishni xohlaymiz. Har bir korxona yoki brend egasi mahsulotini aholiga, jamiyatga yetkazmoqchi bo‘lsa, odamlar vaqtini qayerga qaratishini bilib, o‘sha yerga e’tibor qaratishi biznesda juda muhim” deydi MFactor, Deli kabi taniqli brendlar egasi Husan Mamasaidov.

“Najot ta’lim” o‘quv markazi hamda “Osmondagi bolalar” loyihasi asoschisi Temur Adhamovning aytishicha, reklama berishning eng maqbul uslubi – onlayn reklamalardir.

Temur Adhamov

“Samimiy aytishim mumkinki, agar siz biznes egasi bo‘lsangiz reklama berishning eng yaxshi uslubi - internet orqali berilgan reklamalardir. E’tibor bering, bugun hammaning qo‘lida telefon, undan ajralib bo‘lmaydi. Chunki inson har doim axborotga muhtoj.

Kun.uz o‘ziga xos auditoriya yig‘ib, eng yaxshi saytlardan biriga aylana oldi. Bu yerda reklamalar joylanishi yaxshi natija berishini qo‘rqmay aytish mumkin”.

Kun.uz bilan samarali reklamalar orqali muvaffaqiyatga erishing

Tadbirkorlarning ta’kidlashlaricha, bu borada Kun.uz platformasi eng to‘g‘ri tanlov. Platformadagi reklamalar kuzatuvchilarning saytga ishonchi va sodiqligi sabab yuqori samara beradi.

Umid Ishmuhamedov

“O‘ylab qarasam, har bir yangi loyihamning ilk taqdimoti Kun.uz’da bo‘lgan. Chunki ilk qadamni Kun.uz’da reklamadan boshlash chin ma’noda ommaga tanilish bo‘ladi. Eng sara va xolis ma’lumotlarni birinchi bo‘lib Kun.uz’da o‘qiydigan insonlar ko‘p bo‘lganligi uchun aynan reklama berishda uni tanlaganmiz” deydi Edu Master platformasi asoschisi Umid Ishmuhamedov.

"Perfect Consulting Group” kompaniyasi rahbari, biznes-konsultant Ibrohim Gulyamov o‘z faoliyatida Kun.uz reklamalarining samarali bo‘lganini aytdi.

Ibrohim Gulyamov

“Biz Kun.uz reklama xizmatlaridan muntazam foydalanib kelamiz. O‘zimiz uchun statistik ma’lumotlarni tekshirganimizda mijozlarimizning katta qismi saytdagi reklama bannerlari orqali o‘tgani ma’lum bo‘ldi”.

Kun.uz ijtimoiy tarmoqlarda jami 7 milliondan ortiq obunachilarga ega, Kun.uz saytiga 1 oyda 25 milliondan ortiq tashrif qayd etiladi 

Eng muvaffaqiyatli biznes egalari muntazam ravishda Kun.uz’da o‘z reklamalarini joylab kelganliklarini va bundan yuqori natijaga erishganliklarini ta’kidlashdi. Qayd etilishicha, buning siri o‘ziga xos yondashuv va sifatli kontent bilan bog‘liq. MFactor va Impulse Business Hub asoschisi Hasan Mamasaidov nima sababdan Kun.uz’da o‘z reklamalarini chop etishi haqida ma’lumot berdi:

Hasan Mamasaidov

“Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin. Kun.uz’ni tanlashimizga sabab saytda istalgan ko‘rinishda reklama joylash imkoniyatining ko‘pligida. Kun.uz’ning Instagram, Facebook, YouTube yoki Telegram sahifalarida katta va salohiyatli auditoriyaga mahsulot taqdim etish mumkin. Ular orasida biz istagan barcha qatlam: oddiy aholi vakillari, ziyolilar, tadbirkorlar, to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan qatlam mavjud. O‘z biznesingizni ommaga tanitishni, uni sifatli yoritilishini va yaxshi natija berishini istasangiz – ular bilan ishlagan va baraka topgan inson sifatida Kun.uz’ni tavsiya qilaman”.

Toy Bola brendi rahbari Anvar Abduqayumov o‘zining nafaqat keng ommaga, balki butun dunyoga tanilishiga Kun.uz sabab bo‘lganini ma’lum qildi: “Kun.uz’ning Sub’yektiv loyihasida ishtirok etdim. Har tomonlama tanilishimga shu ko‘rsatuv sabab bo‘ldi. Ko‘rsatuv e’lon qilingach 3 kun ichida menga butun dunyodagi o‘zbek millatiga mansub tadbirkorlar, talabalar Norvegiya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Janubiy Koreyadan hamkorlikni taklif qilib aloqaga chiqishdi.

Anvar Abduqayumov

Amin bo‘ldimki, sizga kerakli iste’molchilarga sayt orqali to‘laqonli ravishda bog‘lanish mumkin ekan. Shuning uchun ayni paytda bir yillik biznes rejalarimni oldindan sayt reklama menejyerlari bilan kelishgan holda e’lon qilinishiga e’tibor qarataman. Sababi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida umumiy 7 mln kuzatuvchilari bor va ko‘rishlar soni bir oyda jami 25 mln.ni tashkil etadi. Bunday platformada reklama bilan katta natijalarga erishish mumkin”.

Biz Kun.uz’ni tavsiya etamiz

“Kun.uz’ga reklama berganimizda konversiya juda yuqori bo‘ladi” Zafar Hoshimov.

“Kun.uz media sohasidagi professionallar jamoasi” Hasan-Husan Mamasaidovlar.

“Kun.uz’da eng yaxshi qamrov va natija ko‘ramiz” Murod Nazarov.

“Kun.uz – jurnalistikada haqiqiy professionalizm yarata oldi” Temur Adhamov.

“Kun.uz’ga doim omad va xalq dardida bo‘lishlarini tilayman” Ibrohim Gulyamov.

“Jamoa mehnatini a’lo baholayman” Umid Ishmuhamedov.

“Kun.uz reklama roliklarini o‘zgacha tarzda, xuddi kino kabi suratga olishadi” Anvar Abduqayumov.

Katta auditoriya, keng qamrov hamda o‘z kasbining ustasi bo‘lgan jamoa bilan hamkorlik uchun sizda ham imkoniyat bor. Buning uchun Kun.uz’ning Reklama departamenti bilan +998781131010 raqamlari orqali bog‘lanib, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: