Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan Karmana tumanidagi YPX maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida rangli metallarning noqonuniy oldi-sotdisi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yilgan.
Ta’kidlanishicha, “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.M. boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Jarayonda mashinada hech qanday hujjatlarsiz 6 mln 918 ming so‘mlik 1 825 kg alyuminiy metall parchalari borligi aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Navoiy xalqaro aeroportida Turkiyadan keltirilayotgan, qariyb 100 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar to‘xtatib qolingandi.