12 fevral kuni taxminan soat 23:00 da Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida Malibu avtomobilini boshqargan haydovchi I. A. piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH oqibatida 45 yoshli piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.