O‘zbekistondan Rossiyaga trikotaj olib ketayotgan fura yonib ketdi

Jamiyat 09:02 / 13.02.2022 10650

O‘zbekistondan Rossiyaga trikotaj mahsulotlari olib ketayotgan yuk mashinasi Nur-Sulton—Pavlodar trassasida yonib ketdi. Bu haqda «KazTAG» xabar bermoqda.

12 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:38 da Nur-Sulton—Pavlodar avtomobil yo‘lida yuk mashinasida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Pavlodar oblasti Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yilda ishlab chiqarilgan Renault Premium rusumli yuk mashinasi butunlay yonib ketgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 3ta maxsus texnika va 16 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan. 

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Fura haydovchilari Qalqaman qishlog‘idagi issiqlik punktiga yetkazilgan.

Hodisaga elektr simlari qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Keltirilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: